18 +  RSS  E-mail
16:05, 06 09 2018

Qatnov jadvalidagi ayrim o’zgartirish


Hurmatli yo’lovchilar!

2018 yil 6-10 sentyabr kunlari Shahrisabz shahrida  birinchi xalqaro “Maqom-2018” san’at anjumani o’tkazilishi munosabat bilan  yo’lovchi poyezdlarning bitta reysi qatnov jadvaliga o’zgartirish kiritiladi. Unga ko’ra:
1) 6.09.2018 yil Urganchdan Toshkentga jo’naydigan 55-sonli poezdning Kattaqo’rg’ondan Samarqandgacha;
2) 6.09.2018 yil Toshkentdan Termizgacha  jo’naydigan 380-sonli poyezdning Samarqanddan Qarshigacha;
3) 6.09.2018 yil Andijondan Urganchga jo’naydigan 393-sonli poyezdning G’allaoroldan Ziyovuddingacha;
4) 6.09.2018 yil Toshkentdan Buxoroga jo’naydigan 662-sonli poyezdning Jizzaxdan Samarqandgacha;
5) 6.09.2018 yil Sariosiyodan Toshkentga jo’naydigan 679-sonli poyezdning Kayirmadan G’allaorolgacha bo’lgan masofadagi harakat jadvali o’zgartiriladi.

Shuningdek, 2018 yil 5-6 sentyabr kunlari Toshkent-Buxoro-Toshkent yo’nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi 766/765-sonli “Afrosiyob” poyezdining 2 ta reysi bekor qilinadi.

Ushbu reyslarga chipta olgan yo’lovchilar kassaga murojaat qilishlarini so’raymiz. Mazkur poyezdlarga olgan chiptalarini boshqa poyezdga almashtirib, yoki  foiz ushlamasdan chipta pullarini to’liq qaytarib olishlari mumkin.

Sizlardan bu bo’yicha quyidagi kassalarga murojaat qilishingizni so’raymiz:

  1. Toshkent shahridagi yo’lovchilar Toshkent markaziy vokzalidagi 12-sonli kassaga;
    2. Samarqand shahridagi yo’lovchilar “Samarqand” vokzalidagi 1-sonli kassaga;
    3. Buxoro viloyatidagi yo’lovchilar Kogon vokzalidagi 1, 2 va  3-sonli kassalarga;
    4. Navoiy shahridagi yo’lovchilar esa Navoiy vokzalidagi  3-sonli kassalarga.

“O’zbekiston temir yo’llari” AJ axborot xizmati.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.