18 +  RSS  E-mail
18:23, 05 09 2018

Toshkentda Oʻzbekiston-Misr biznes-forumi boʻlib oʻtadi


2018 yil 5 sentyabr kuni Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdul-Fattah Said Huseyn Halil As-Sisining Oʻzbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida Toshkentda Oʻzbekiston-Misr biznes-forumi va B2B formatida kooperatsion birja tashkil etiladi.

Tadbirlarda ikki davlat ishbilarmonlar va biznes doiralari vakillari ishtirok etadilar,deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati. Biznes forum va kooperatsion birja yakunlariga koʻra turizm, farmatsevtika, elektrotexnika va boshqa sohalarga oid oʻzaro manfaatli investitsion va savdo kelishuvlarini imzolash rejalashtirilgan. Shuningdek, biznes forum doirasida Oʻzbekistonda meva-sabzavot va logislika xabini tashkil etish masalalari muhokama etiladi.

Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston Respublikasi va Misr Arab Respublikasi oʻrtasida diplomatik aloqalar 1992 yil 23 yanvar kuni oʻrnatilgan.

Investitsiyalarni ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisida (Kair, 1992 yil 16 dekabr), iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik toʻgʻrisida (Kair, 1992 yil 16 dekabr), ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish va daromad soligʻini toʻlashdan boʻyin tovlashning oldini olish toʻgʻrisida (Kair, 1992 yil 21 sentyabr) hamda savdo toʻgʻrisidagi (Toshkent, 2001 yil 19 iyun) hukumatlararo kelishuvlar ikkitomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikning huquqiy asosi boʻlib xizmat qiladi.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.