18 +  RSS  E-mail
19:23, 05 09 2018

An’anaviy “Raqs sehri” Xalqaro festivali barchani Xorazmga chorlamoqda


Ona Vatanimizning o’ziga xos milliy raqs san’atini butun dunyoga keng targ’ib qilish va Art-turizmini yanada rivojlantirish maqsadida an’anaviy tarzda tashkil etib kelinayotgan “Raqs sehri” xalqaro festivali joriy yil 14,15,16 sentyabr kunlari Xiva shahri “Ichan Qal’a” davlat muzey qo’riqxonasi hududida bo’lib o’tishi belgilandi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi matbuot xizmati.

Butun dunyodan hamda Respublikamizning turli nuqtalaridan o’zlarining badiiy chiqishlari bilan ishtirok etadigan guruhlar san’atidan bahramand bo’lish istagidagi barcha san’at shaydolarini qadimiy va navqiron Xorazm diyoriga taklif etamiz.


© 2018-2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali. 2018 yil 1 iyundagi 1233-sonli guvohnoma.
Sayt materiallaridan qisman yoki toʻliq foydalanganda “Foydalanish shartlari”ga amal qilinishi lozim.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.