18 +  RSS  E-mail
16:12, 04 09 2018

Fermer xoʻjaligidan yer maydoni ajratib beraman deya aldab, pullarini oldi


Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida 18 avgust kuni “O.Vodiy” MFYda yashovchi H.J. ismli ayol murojaat qilib, shu yil fevralь va mart oylarida qoʻshnisi, fermer xoʻjaligi raisi Sh.X. va fuqaro N.I.lar, H.J.ning turmush oʻrtogʻiga fermer xoʻjaligidan 3 gektar yer maydoni ajratib berishlarini aytib, aldov yoʻli bilan 6 mln. 900 ming soʻm pulini olgani va bergan vaʼdalarini bajarmay pullarni oʻz ehtiyojlari yoʻlida ishlatib yuborganliklarini maʼlum qilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, koʻrilgan choralar natijasida Sh.X. va X.E.lar ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


© 2019 Dadil.uz
DADIL.UZ - axborot-tahliliy portali O’zbеkiston matbuot va axborot agеntligi tomonidan elеktron OAV sifatida 2018 yil 1 iyunda 1233-sonli guvohnoma bilan davlat ro’yxatidan otkazilgan.
Dadil.uz dagi materialning bevosita manziliga faol havola qilinib, xat boshida “DADIL.UZ xabar beradi” deb ko’rsatilgan taqdirda ushbu materiallardan qisman yoki toʻliq foydalanishga ruxsat etiladi.
Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan.